Desham Fransiyaning yangi asosiy darvozaboni nomini aytdi

Sherzod Nurmatov
21 mar 2023, 13:26
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham jamoaning yangi asosiy darvozaboni kim bo'lishini ochiqladi.

Bu rol "Milan"ning 27 yoshli futbolchisi Mayk Menyanga ishonib topshirildi.

"Asosiy darvozabonimiz Mayk Menyan bo'ladi. Biz bu masalani muhokama qildik va ierarxiyani hurmat qilish kerak degan xulosaga keldik. Ha, bu poziciya uchun tajriba muhim, ammo bu tanlov uchun yagona mezon emas".

Fransiyaning avvalgi asosiy posboni Ugo Loris 2022 yilgi Jahon chempionatidan so'ng faoliyatini yakunladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sempremilan.com