Deportivo Dinamo Kiev darvozabonini ijaraga oldi

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2018, 11:42
Kievning Dinamo klubi posboni Maksim Koval faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.

25 yoshli ukrainalik posbon ijara asosida Deportivoga ko'chib o'tdi. La-Korunya klubida mavsum tugagach Kovalni sotib olish huquqi bor.

Deportivo 19ta turdan so'ng Ispaniya chempionatida 18-o'rinda bormoqda. Klub bugun Real bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdynamo.kiev.ua