Depay va Lyuk de Yong "Levante"ga qarshi o'ynashi mumkin. Ular "Barsa" umumiy guruhida shug'ullanishdi

Alisher
9 apr 2022, 13:21
Memfis Depay va Lyuk de Yong "Levante"ga qarshi o'ynashi mumkin.

Ikki forvard ham juma kuni "Barselona"ning mashg'ulotlarida ishtirok etishdi.

Hujumchilar kataloniyaliklarning "Ayntraxt"ga qarshi Yevropa Ligasi doirasidagi o'yiniga uchishmadi. Depay mushak muammolari sabab, de Yong esa koronavirusga musbat test topshirgani sabab o'yinni o'tkazib yubordi.

Ansu Fati ham sheriklari bilan shug'ullandi. Uning tez orada tarkibga qaytishi kutilmoqda, "Levante" bilan o'yinda esa u aniq harakat qilmaydi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" esa "Levante" bilan bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport