Depay "Manchester Yunayted"da qolishi mumkin

Aslanov Jasurbek
6 yanv 2017
"Manchester Yunayted" hujumchisi Memfis Depay kyetishi haqidagi turli mish-mishlarga qaramay klubda qolishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "qizil iblislar" 22 yoshli gollandiyalik uchun 20 mln. funt talab qilishmoqda, shu bilan birga futbolchining 90 ming funtlik haftalik maoshi xaridorlarni cho'chityapti.

Agar hech bir klub bu pulni to'lamasa, Depay kamida yozgacha MYUda qoladi. Oldinroq futbolchining o'zi Joze Mourinyodan uni boshqa klubga qo'yib yuborishni so'ragani haqida xabarlar e'lon qilingan edi.

Depay 2015 yilning yozida 25 mln. funt evaziga PSVdan MYUga o'tgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph