Denis Korostichenko: "Kelasi mavsum "Lokomotiv" Superligada qatnashadi"

Оқил Абдубарноев
16 mar 2023, 20:28
Pro liganing 1-turidan o'rin olgan "Andijon-SGS" - "Lokomotiv" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida

- Ilk navbatda jamoamizni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin haqida nima deyishim mumkin. Biz tashabbusga ega edik. Mashg'ulotlardagi singari o'yin namoyish etishga harakat qildik. Qaysidir vaziyatlardan foydalana oldik, qaysilaridadir esa omadimiz kelmadi. O'ylashimcha, bizning foydamizga ishlagan natija adolatli bo'ldi. Andijonliklar yosh bo'lsa ham, yaxshi jamoa shakllangan ekan. Ularni oldinda juda ko'p uchrashuvlar kutib turibdi. 

- Jamoaningiz yirik hisobda g'alaba qozondi. Lekin hujumchilaringiz juda ko'p vaziyatdan foydalana olmadi. Buni qanday baholaysiz?

- Bu hali birinchi o'yin.  Shu bois, birinchi bo'limda biroz shoshqaloqlik yuzaga keldi. Bu xatolarni to'g'rilaymiz.

- Bu yil Superligaga qaysi jamoalar yo'l oladi deb o'ylaysiz?

- Asosiysi, "Lokomotiv" chiqadi (kuladi). Qolgan jamoalarga men javob bermayman. Kelasi yil tezroq Superligaga qaytishga harakat qilamiz. 

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia