

Uchrashuvning 35 daqiqasida Usmon Dembele o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Mazkur aniq zarba Ernesto Valverde boshqaruvidagi kataloniyaliklar uchun 300-gol bo'ldi. Qiziq tomoni shundaki, Dembele o'tgan yilning dekabrida 200-gol muallifiga ham aylangandi. Valverde murabbiyligi ostida Barsadagi birinchi hamda 100 golni esa Lionel Messi urgan.




