Dembelega MYU qiziqmoqda

15 mar 2016, 00:03
"Renn" hujumchisi Usman Dembele faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin.


"Renn" jamoasining 18-yoshli hujumchisi Usman Dembele ko'plab grand jamoalar qiziqishlariga sabab bo'lmoqda. "Barselona" klubi Usman Dembele uchun 35 million evrodan voz kechishga tayyorligi ma'lum qilingan edi. Dembele uchun kurashga Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi ham qo'shilgan. Dembele o'zining dastlabki professional shartnomasini o'tgan yili kuzda "Renn" bilan tuzgandi. Shartnoma muddati 3 yil etib belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail