Dembele jarohat oldi

Eldor Akmurzayev
20 avg 2019, 01:35
Barselona futbolchisi Usmon Dembele tizzasidan jarohat oldi, deya xabar beradi kataloniyaliklar rasmiy sayti.

Tibbiy tekshiruvlar uning chap oyog'ida muammolar borligini ko'rsatdi. Shu bois, shifokorlar futbolchining 5 haftaga yaqin muddatni o'tkazib yuborishini ma'lum qilishgan. Avvalroq, Barsa Dembeleni Neymarning transferi uchun qo'llashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. 

Shuningdek, LaLiga yangi mavsumining ilk turidan so'ng, ko'kanorranglilar lazaretiga hujumchi Luis Suares ham tushdi. Uning safga qaytish muddati to'g'risida esa aniq ma'lumotlar keltirilmagan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: fcbarcelona.com