

Francuz seshanba kuni ertalabki mashg'ulotlarga kelmadi. Unga klubdan qo'ng'iroq qilishganida, mashg'ulot tushlikdan so'ng bo'ladi deb o'ylaganini aytdi.
Dembele o'tgan hafta Xavi qo'l ostida ilk jarimani oldi. Francuz bazaga uch daqiqa kechikib keldi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona"da jarima qoidalarini bir hafta oldin jamoa bosh murabbiyiga aylangan Xavi qayta tiklagan edi.



