Dele Alli jarohat tufayli Angliya terma jamoasining o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
5 noya 2017, 17:46
"Tottenxem" yarim himoyachisi Dele Alli jarohati tufayli "Kristal Pelas"ga qarshi Angliya Premer-ligasining 11-tur uchrashuvini o'tkazib yubordi.

Ma'lum bo'lishicha, 21 yoshli futbolchi shikastlanish tufayli Angliya terma jamoasining Germaniya (10 noyabr) va Braziliyaga (14 noyabr) qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok eta olmaydi.

Joriy mavsum Alli "shpor"lar safida 13ta rasmiy uchrashuv o'tkazib, 7ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com