Deku: "Messi ketganidan keyin "Barselona" hali ham tiklanish jarayonida"

Mirjalol Normatov
14 noya 2023, 22:51
"Barselona" sport direktori Deku hujumchi Leo Messi ketganidan keyin jamoa hali ham o'ziga kela olmaganini aytdi.

"Barselona" Messidan ayrilganiga ko'p bo'lmadi. U tarixdagi eng zo'r futbolchi. Uning ketishi klub uchun haqiqiy tragediya bo'lgan va shu sababdan klubning o'ziga kelishi qiyin bo'lmoqda. "Barselona" hali ham tiklanish jarayonida, buning uchun yana vaqt kerak", - dedi mutaxassis "Managing Barca" nashriga.

Messi 2021 yilda "Barselona"ni erkin agent sifatida tark etgandi. Oldinroq Leo Yevropa futboliga qaytmasligini aytgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Managing Barca