De Yong "Barselona"ni tanlamaganida qaysi klubga o'tgan bo'lar edi?

Alisher
26 sen 2019, 10:20
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong ispan jamoasiga o'tishdan oldin qaysi klublar taklifini rad etganligini aytdi.

"Agar "Barselona"ga o'tmaganimda, PSJ yoki "Manchester Siti"ga o'tgan bo'lardim"

"Pul motivaciyasi haqida gapirish kerak emas. Pulning oshig'i emasman, men buni uchrashuvlarda hech qachon tahlil qilmaganman. Bu agentimning ishi.

Men "Barselona"ni tanladim. Chunki ular menga yoqimli tuyg'ularni bag'ishlay oladigan klub. 

"Barselona" haqida ilk bor qachon eshitganman? Bu 2018 yilda bo'lgan edi. Mening agentim qo'ng'iroq qilib menga "Barselona" qizayotganligini aytdi. Buni eshitgandan so'ng o'zimdan faxrlanib ketdim", - deydi de Yong.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Periodico