De Ligt "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin

Alisher
17 may 2022, 11:25
"Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligt Turin klubida qolishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 22 yoshli niderlandiyalik futbolchi shartnomani uzaytirishga yaqin.

Bitim tuzish borasidagi muzokaralar 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

De Ligt joriy mavsum 41ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi. Himoyachining hozirgi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano