De Laurentis: "Iguain noshukurlik qildi va "Napoli"ni sotdi"

Aslanov Jasurbek
27 iyul 2016, 13:45
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis hujumchi Gonsalo Iguainning "Yuventus"ga o'tishini sotqinlik deb atadi.

"Yuventus" Iguainning badal pulini to'lashga rozi bo'lganini bilganimizdan yarim soat o'tib kelajak uchun rejalar tuzishni boshladik. Gonsalo agentining intervyusidan so'ng, yangi hujumchi qidirishimiz kerakligini tushundik. Ammo to'g'risini aytsam, u ketadi, "Napoli" bilan o'tkazgan uch yilni esdan chiqaradi deb o'ylamagan edik. Kimlardir buni sotqinlik emas deb atashi mumkin, ammo men boshqa fikrdaman. Bu sotqinlik, shu bilan birga noshukurlik. "Yuventus" shartnomada ko'rsatilgan pulni to'lab hech qanday qoidani buzmagan bo'lishi mumkin, ammo turinliklarning bu ishini kutmagan edim" - deydi De Laurentis.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport