De Dzerbi "Chelsi"ni boshqarishi mumkin

Оқил Абдубарноев
1 mar 2023
"Brayton" bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi "Chelsi"ni boshqarishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, italiyalik mutaxassis "Chelsi"da Grem Potter o'rniga nomzodlardan biri hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, De Dzerbi sentyabr oyida endigina "Chelsi"ga ketgan Grem Potter o'rniga "Brayton"ga olib kelingandi. Angliyalik mutaxassis hozirgacha "ko'klar" boshqaruvini uddalay olmadi, jamoa Premer-ligada o'ninchi o'rinda bormoqda.

De Dzerbi boshchiligidagi “Brayton” esa turnir jadvalida sakkizinchi o'rinni egallab turibdi. 


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Football Insider