De Bryuyne mashg'ulotlarga qaytdi

Aslanov Jasurbek
26 mar 2019, 18:14
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne jarohatidan qutilib, mashg'ulotlarga qaytdi.

Belgiyalik futbolchi 2 martdan beri maydonga tushmagan edi. Futbolchi "Bornmut"ga qarshi bahsda jarohat olgandi.

Xavbek Belgiya terma jamoasiga chaqirilmadi, biroq bugun De Bryuyne "shaharliklar" bazasida mashg'ulotlarni boshlab yubordi.

"Manchester Siti" sardori Vensan Kompani ham mashg'ulotlarga qaytdi. Himoyachi Jon Stouns va yarim himoyachi Fernandino yaqin vaqt ichida safga qaytadi.

APL turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail