De Bryuyne "Arsenal"ga qarshi o'yingacha safga qaytishi kutilmoqda

Administrator
28 mar 2024, 00:56
"Man Siti"dagilar vaziyatga ishonch bilan qarashmoqda.

"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne "Arsenal"ga qarshi o'yingacha safga qaytishi mumkin. Ma'lumot uchun, futbolchi son mushaklaridagi jarohat sabab Belgiya terma jamoasining mart oyidagi o'yinlarini o'tkazib yuborgandi. Bunga qadar Kevin "Man Siti"ning Angliya kubogi doirasidagi "Nyukasl"ga qarshi o'yinida ham maydonga tushirilmagandi.

ESPN nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, klubdagilar futbolchining holati yashilanishiga ishonishmoqda. De Bryuynening payshanba kuni mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda. Yakshanba kuni bo'lib o'tadigan "Arsenal"ga qarshi o'yinda Kevin maydonga tushish ehtimoli yo'q emas.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: ESPN