Davron Fayziev: "Buxoro"dan taklif tushgani rost. Barchasiga bugun oydinlik kiritamiz"

Aslanov Jasurbek
3 yanv 2020, 10:48
Kecha "Buxoro" jamoasiga Davron Fayzievning bosh murabbiy bo'lishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu ma'lumot qay darajada haqiqatligini bilish maqsadida murabbiy Davron Fayzievga yuzlandik.

"Ha, "Buxoro"dan taklif tushgani rost. Yangi yildan bir kun oldin taklif bilan chiqishdi, hurmatsizlik bo'lmasin deb rad qilmadim. Bugun Buxoroga keldim, tushlikda klub rahbarlari bilan uchrashib, gaplashib barchasiga oydinlik kiritib olamiz. Bu erga keldim degani "Qo'qon-1912"dan rasman ketganimni anglatmaydi. Qo'qonda ham Baxtiyor Ashurmatov bilan birgalikda yaxshi natijalar qayd eta oldik, yuqori o'rinlar uchun kurashdik. Avvalgi yillarga qaraganda bir bosh baland sakray oldik. "Buxoro"ni qabul qilib olishim qanchalik amalga oshadi bunga yaqin vaqtlarda aniqlik kiritib olamiz",- deydi Davron Fayziev.

Ma'lumot o'rnida aytib o'tish joiz murabbiy bunga qadar "Sug'diyona", "Dinamo" jamoalarida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan, o'tgan mavsumda "Qo'qon-1912" jamoasida Baxtiyor Ashurmatovga bevosita yaqindan ko'maklashdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia