David Silva A Seriyaga ko'chib o'tishga yaqin

8 apr 2020, 21:21
Ispaniyalik futbolchi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

"Calciomercato" nashri xabar berishicha, "Manchester Siti" yarim himoyachisi David Silva "Milan" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. "Rossonerilar" hujumlarni tashkil qilish uchun maydon markazida bitta tajribali futbolchiga ehtiyoj sezmoqda. 34 yoshli xavbek ham o'zini A Seriyada sinab ko'rishga qarshi emas. U yozda "Milan" safiga erkin agent sifatida qo'shilishi mumkin. Tomonlar allaqachon muzokaralarni boshlab yuborishgan.

Ma'lumot uchun, joriy mavsum (APL) 19 bahsda maydonga tushgan Silva 3 gol, 7ta golli uzatmaga mualiflik qilgan.

Ibragimovich yozda faoliyatini yakunlamaydi

O'xshash yangiliklar


Manba: Calciomercato