Ibragimovich yozda faoliyatini yakunlamaydi

8 apr 2020, 19:42
"La Gazzetta dello Sport" gazetasi xabariga ko'ra, "Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich faoliyatini kamida yana bir mavsumga uzaytirishga qaror qilgan.

Takidlanishicha, 38 yoshli shvetsiyalik futbolchi faoliyatini chiroyli tarzda yakunlamoqchi edi, ammo koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq vaziyat tufayli mavsum buzilib ketdi. Ibragimovichning "rossonerilar" bilan shartnomasi yozda nihoyasiga etadi. Agar uni uzaytirishning imkoni bo'lmasa, Zlatan Italiyaning boshqa klublaridan tushgan takliflarni ko'rib chiqishga tayyorligini ma'lum qilgan. 

Eslatib o'tamiz, yanvar oyida "Milan"ga tarkibiga kelib qo'shilgan forvard 10ta uchrashuvda 4 bor raqiblari darvozasiga yo'l topdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta dello Sport