David Luiz Abramovich "Chelsi"ni qay darajada sevishini aytdi

Narzulla Saydullayev
16 may 2019, 13:45
"Chelsi" himoyachisi David Luiz "ko'klar" xo'jayini Roman Abramovich jamoani yaxshi ko'rishi va u bilan hamma mumkin bo'lgan sovrinlarni yutishni xohlashiga ishonadi.

Oldinroq, 32 yoshli braziliyalik "Chelsi" bilan shartnomasini 2021 yil yozigacha uzaytirgandi.

"O'tgan haftada kelajagimni muhokama qilish uchun u bilan uchrashish imkoni tug'ildi. Janob Abramovich hamma mumkin bo'lgan sovrinlarni yutishni xohlaydi. Shubhasiz, bu qiyin vazifa, ammo u kelgusida jamoani kuchaytirishga tayyor", - deydi Luiz.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: The Sun