David Luis vataniga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
11 yanv 2019
"Chelsi" himoyachisi David Luis "Palmeyras"ga o'tishi mumkin.

"FOX Sports" xabariga ko'ra, Braziliya klubi vakillari Londonga tashrif buyurishgan va transfer borasida muhokamalar sanasini ma'lum qilishgan. Biroq hozircha muzokaralar boshlanmagan.

Luis 2016 yilda PSJdan "Chelsi"ga o'tgandi.  Bu mavsumda u 25 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi va 1 golga assistentlik qildi. Uning jamoasi bilan shartnomasi ushbu mavsumda yakuniga etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Fox Sports