David Luis “Arsenal”da o'ynovchi murabbiyga aylanadi

Eldor Akmurzayev
17 fev 2021, 19:20
Bu haqda "Football London" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, himoyachi David Luis keyingi mavsumdan boshlab “Arsenal”da o'ynovchi murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.

Braziliyalikning “to'pchilar” bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi, ammo “Arsenal” futbolchining tajribasini hisobga olib, unga yangi lavozimni taklif etmoqchi.

33 yoshli Luis 2020/21 yilgi mavsum APLda 14 bahsda qatnashib, birorta ham samarali natija ko'rsatolmadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football London