David Alaba bir oyga safdan chiqdi

Tolibjon Qosimov
21 may 2014, 11:07
"Bavariya" va Avstriya terma jamoasi himoyachiis David Alaba bir oyga safdan chiqdi.
Futbolchi Germaniya kubogi finalidan oldin jarohat olgandi.

Alaba Avstriyaning Islandiya (30 may) va Chexiyaga (3 iyun) qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazib yuboradi.

21 yoshli futbolchi 9 iyulga qadar safga qaytadi. Aynan shu kuni "Bavariya" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net