
"Braunshveyglik futbolchilar juda yaxshi o'ynashdi. Himoyada ham ancha zich va tartibli harakat qilishdi. Ularga qarshi o'yin biz uchun qiyin kechdi. Maydonda ustunlikka erishgan bo'lsakda, ularni himoyasini yorib o'tishda muammolarga duch keldik. Lekin biz o'zimiz ko'zlagan maqsadga erishdik. Bu "Bavariya"ni naqadar g'alabalarga tashna jamoa ekanligini bildiradi", - deydi David Alaba.