“Dastlab menda boshqa rejalar bor edi." Lionel Messi “Inter Mayami”ga o'tish haqida gapirdi

Alisher
19 iyun 2023, 10:02
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi “Inter Mayami”ga o'tgani haqida fikr bildirdi.

“Hammasi yaxshi. Avvaliga boshqa rejalarim bor edi. Lekin yakuniy qarordan mamnunman. Men bo'lajak yangi chaqiruvlardan xursandman. Men muhim qaror qabul qilayotganimni yaxshi tushunib turgandim”, - dedi Messi. 

Eslatib o'tamiz, Messining o'zi avvalroq erkin agent sifatida “Inter Mayami”ga o'tishini ma'lum qilgandi. 

Messi ikki yillik faoliyatidan so'ng PSJni tark etgandi. U yakunlangan mavsumda barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda qatnashib, 21 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sports.ru