Daniyaning JCH-2022 uchun tarkibiga yana 5 nafar futbolchi jalb qilindi

Aziz Tukhtamuradov
14 noya 2022, 08:10
Daniya terma jamoasi bosh murabbiyi Kasper Yulmund Daniyaning JCH-2022 uchun yakuniy tarkibini e'lon qildi.

Avvalroq, Daniya terma jamoasining 21 kishilik tarkibi ma'lum qilingandi. Yevropa chempionatlari uchrashuvlari yakunlanganidan so'ng ro'yxat to'ldirilishi aytilgandi. 

Yakuniy ro'yxatga Frederik Rennov (darvozabon, Union Berlin), Aleksander Ba (himoyachi, Benfika), Yussuf Poulsen (hujumchi, RB Leyptsig), Robert Skov (yarim himoyachi, Xoffenxaym) va Kristian Nergor (yarim himoyachi, Brentford) kiritilgan. 

Daniya JCH-2022dagi ilk o'yinini 22 noyabr kuni Tunisga qarshi o'tkazadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: dbu.dk