Dani Alves Lionel Messining "Barselona"ga qaytishiga umid bildirdi

Alisher
31 dek 2021, 13:30
"Barselona" himoyachisi Dani Alves hali ham Lionel Messining Kataloniya klubiga qaytishiga umid qilishini aytdi.

"Messining ketishi og'riqli bo'ldi, klubda muammolar bor edi va uni ushlab qolish qiyin edi. Uning ketishiga qarshi edim, u tirik afsona.

Afsuski, barchasi biz xohlaganimizdek bo'lmadi. Ammo, men uning qachondir qaytishiga va birga o'ynay olishimizga umid qilaman", - deydi Alves.

34 yoshli argentinalik yozgi transfer oynasida PSJga o'tdi. Alves esa mavsum paytida Kataloniya klubiga qaytdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Alkass Sports