Damir Temirov: "8 oy futboldan tashqarida yurish futbolchi uchun juda qiyin"

Iskandarov Abdulaziz
28 iyun 2023, 21:55
"Metallurg" jamoasi Superliganing 13-turida Toshkentda "Olimpik" mehmoni bo'ldi.

Bekobodliklar uchrashuvda bir kishi kam bo'lib qolganiga qaramay yakunda g'alaba qozonishni uddasidan chiqishdi. Mazkur o'yindan so'ng jamoaning muhim figuralaridan biri Damir Temironing fikrlari bilan qiziqdik. 

- "Olimpik" bilan mehmonda o'ynash qiyin. Boz ustiga bir kishi kam bo'lib jamoa vaziyatdan qanday chiqib ketdi?

- Albbata o'yin oson bo'lgani yo'q. Buni hamma ko'rdi. Muhimi qizil kartochka olgan jamoadoshimiz uchun ham harakat qildik va ruhan sinmadik, deya olaman. G'alabaga qanchalik tashna ekanligimizni ko'rsatdik. 

- "Olimpik" bu yil kuchsizlangani raqiblarga engillik beryaptimi?

- Bu jamoa kuchsizlangan, deyish noto'g'ri. Tarkibda rotatciyalar qilingan bo'lsa ham o'yin tizimi, uslub o'zgarmagan. 

- Uzoq vaqtdan so'ng bu yil maydonga qaytdingiz. 8 oyni maydon tashqarisida qanday o'tkazdingiz?

- Ruhiy bosimdan chiqib ketish oson bo'lmadi. Albatta 8 oy futbolsiz futbolchi uchun juda qiyin. Buni tasavvur qilib bo'lmaydi. Hozirgi sport formamga kelsak, o'zimni ancha yaxshi his qilyapman. Muhimi jamoaga yordam berishga tayyorman. 

- Vesko Steshevich ayrim futbolchlarni poziciyalarini o'zgartirdi va yangi qirralarini ochdi. Bu borada sizga ham qandaydir tavsiyalar berdimi?

- U kuchli murabbiy. Mendan esa ko'proq pressingda ishlashimni talab qiladi.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia