

Bekobodliklar uchrashuvda bir kishi kam bo'lib qolganiga qaramay yakunda g'alaba qozonishni uddasidan chiqishdi. Mazkur o'yindan so'ng jamoaning muhim figuralaridan biri Damir Temironing fikrlari bilan qiziqdik.
- "Olimpik" bilan mehmonda o'ynash qiyin. Boz ustiga bir kishi kam bo'lib jamoa vaziyatdan qanday chiqib ketdi?
- Albbata o'yin oson bo'lgani yo'q. Buni hamma ko'rdi. Muhimi qizil kartochka olgan jamoadoshimiz uchun ham harakat qildik va ruhan sinmadik, deya olaman. G'alabaga qanchalik tashna ekanligimizni ko'rsatdik.
- "Olimpik" bu yil kuchsizlangani raqiblarga engillik beryaptimi?
- Bu jamoa kuchsizlangan, deyish noto'g'ri. Tarkibda rotatciyalar qilingan bo'lsa ham o'yin tizimi, uslub o'zgarmagan.

- Uzoq vaqtdan so'ng bu yil maydonga qaytdingiz. 8 oyni maydon tashqarisida qanday o'tkazdingiz?
- Ruhiy bosimdan chiqib ketish oson bo'lmadi. Albatta 8 oy futbolsiz futbolchi uchun juda qiyin. Buni tasavvur qilib bo'lmaydi. Hozirgi sport formamga kelsak, o'zimni ancha yaxshi his qilyapman. Muhimi jamoaga yordam berishga tayyorman.
- Vesko Steshevich ayrim futbolchlarni poziciyalarini o'zgartirdi va yangi qirralarini ochdi. Bu borada sizga ham qandaydir tavsiyalar berdimi?
- U kuchli murabbiy. Mendan esa ko'proq pressingda ishlashimni talab qiladi.
Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi



