Daily Mail: "Manchester Yunayted" ertaga ilk xaridini e'lon qiladi
Mirjalol Normatov
3 iyun 2018, 13:46
"Shaxtyor" futbolchisi Fred "Manchester Yunayted"ga o'tadi, deb xabar beradi "Daily Mail".
Manbaga ko'ra, dushanba kuni braziliyalik futbolchi MYUda tibbiy ko'rikdan o'tadi va Manchester jamoasi a'zosiga aylanadi. Uning transfer narxi esa 70 mln evroni tashkil etadi.
Fred "Shaxtyor" tarkibida 2013 yildan buyon harakat qilmoqda.