Dahshatli avtofalokatga uchragan Maykl Antonioning holati bo'yicha ma'lumot berildi

Administrator
14 dek 2024, 23:54
Futbolchi 7 dekabr kuni o'z avtomashinasida yo'l transport xodisasiga uchragandi.

"Vest Xem" klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi jamoa hujumchisi Maykl Antonioning ayni damdagi holati bo'yicha ma'lumot berdi.

"Eng muhimi u tirik, bu esa yaxshi. Uning hozirgi holati qoniqarli. Maykl son suyagini sindirib oldi, ammo u aniq tiklana oladi. Eng muhim o'yinchimizni yo'qotganimizdan qanchalik hafa bo'lsak, uning tiklana olishidan shunchalik xursandmiz. Bir oydan keyin u tiklanib, maydonga qayta olishiga ishonamiz. Avvalo, erkak bo'lish kerak, keyin esa futbolchi", -deydi Xulen Lopetegi.

Avvalroq, Antonio kamida bir yil futbol o'ynamasligi haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, Maykl Antonio ushbu mavsum 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, bittidan gol va assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Daily Mail