SSKA Abbos Fayzullayev uchun "Paxtakor"ga qancha to'laydi?

Aslanov Jasurbek
27 iyul 2023, 21:33
Abbos Fayzullayev necha pul evaziga Rossiya klubiga o'tayotgani ma'lum bo'ldi.

Oldinroq, saytimizda O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" yarim himoyachisi Abbos Fayzullayev Rossiyaning SSKA klubiga o'tayotgani e'lon qilingan edi.

Narzulla Saydullaev o'z Telegram kanalida "armiyachilar" futbolchi uchun "sherlar"ga qancha to'lashi haqida ma'lumot berdi. Saydullaevning yozishicha, Moskva klubi "Paxtakor"ga Fayzullayev uchun 500 000 evro o'tkazib beradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia