Coca Cola Superligasi-2022. "Paxtakor" o'z maydonida, "Nasaf" safarda g'alaba qozonish bo'yicha yetakchi

Оқил Абдубарноев
13 noya 2022, 22:25
Coca Cola Superligasining navbatdagi mavsumi nihoyasiga etdi.

Mamlakat chempioni "Paxtakor" klubi o'z maydonida g'alaba qozonish bo'yicha eng yaxshi natijani qayd etdi. "Sherlar" Toshkentdagi 13 bahsda 27 ochko jamg'argan. Eng yomon natijani esa "Dinamo" klubi qayd etgan, samarqandliklar muxlislari ko'z o'ngida atigi 9 ochko to'plagan.

Safarda ustun kelish borasida esa Qarshining "Nasaf" klubi tengsiz bo'ldi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari 13 uchrashuvda 30 ochko yig'ishga muvaffaq bo'ldi. Mehmonda ochko tortib olish bo'yicha eng yomon ko'rsatkich ham "Dinamo"ga tegishli bo'ldi, Vadim Abramov shogirdlari bor-yo'g'i 6 ochkoga ega bo'lishgan.

Eslatib o'tamiz, yakunlangan mavsum Toshkentning "Paxtakor" klubi chempionlikka ega chiqdi. Ulardan bir ochko kam jamg'argan "Navbahor" ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, Qarshining "Nasaf" jamoasi uchinchi pog'onani band etdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia