

Coca Cola Superliga. 17-tur
ANDIJON – BUXORO
25 sentyabr 2020 yil. Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni. 17:00
Hakamlar: Jasur Muxtorov, Timur Galeev, Bektursin Kannazarov, Sanjar Nazarov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Oybek Yunusov
Bu jamoalar hozirga qadar O'zbekiston chempionati doirasida 47 marta to'qnash kelishgan. 21 marta "Buxoro", 13 marta "Andijon" zafar quchgan. Qolgan 13ta bahsda durang qayd etilgan. Buxoroliklar o'zaro o'yinlarda 79ta gol urib, 62ta gol o'tkazib yuborishgan.
Ikkita oxirgi o'zaro o'yinda "Buxoro" bu jamoani yuta olmayapti - 1ta durang, 1ta mag'lubiyat.
Birinchi davrada "Buxoro" mezbonligida o'tgan bahsda 2:2 hisobi qayd etilgandi.
METALLURG – LOKOMOTIV
25 sentyabr 2020 yil. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 17:00
Hakamlar: Ravshan Abduvohidov, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Andrey Tambovcev
Komissar: Jahongir Rahmatullaev
Bu klublar bugungacha O'zbekiston chempionatida o'zaro 33 marta o'ynashgan. 18ta uchrashuvda "temiryo'lchilar", 5ta bahsda bekobodliklar g'olib bo'lishgan. Qolgan 10ta o'yinda durang kuzatilgan.
"Lokomotiv" o'zaro bahslarda 55ta gol urgan, "Metallurg" hisobida 28ta gol bor.
"Lokomotiv" ketma-ket uchta o'yindan buyon "Metallurg"ni yuta olmayapti - 2ta durang va 1ta mag'lubiyat.
Birinchi davrada Toshkentda o'tgan bahsda "Metallurg" 3:0 hisobida g'alaba qozongan edi.



