CHL tarixida ilk marta bu jamoalar to'qnash kelishmoqda

Aslanov Jasurbek
17 dek 2018, 18:04
Bugun, 17 dekabr kuni Shveytsariyaning Non shahrida UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga qur'a tashlandi.

Bu bosqichda "Manchester Yunayted" PSJga qarshi, "Liverpul" esa "Bavariya" bilan o'ynaydi. Shunday qilib, Chempionlar ligasi tarixida ilk bor bu jamoalar to'qnash keladigan bo'ldi. Bungacha Parij klubi hech qachon MYUga qarshi, myunxenliklar esa "Liverpul" bilan bahs o'tkazmagan.

Chempionlar ligasi 1/8 final ilk o'yinlari 12, 13, 19 va 20 fevral kunlari bo'lib o'tadi. Javob bahslari 5, 6, 12 va 13 martda o'tishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia