Chexiya terma jamoasi darvozaboni Gretsiya chempioni bilan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
13 iyul 2021, 21:59
"Olimpiakos" rasmiy sayti "Sevilya" posboni Tomash Vaclik bilan shartnoma tuzilganini e'lon qildi.

32 yoshli darvozabon yangi jamoasi safiga erkin agent sifatida qo'shildi. Gretsiya chempioni bilan tuzilgan kelishuv shartlari oshkor etilmayapti.

Chexiya termasi posbonining transfer narxi 4 million evroga baholangan.

Vaclik 2018 yildan boshlab "Sevilya" sharafini himoya qilib kelar edi. U 3 mavsumda 94 o'yinda ishtirok etib, 105 ta gol o'tkazib yuborgan. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: olympiacos.org