"Chernomorec" murabbiyi Turkiyadagi yig'indan so'ng Ukrainaga qaytmadi

Sherzod Nurmatov
14 mar 2024, 22:39
Odessaning "Chernomorec" klubi jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Igor Kasyanenko Ukrainadan qochib ketdi.

Bu haqda 14 mart kuni ma'lum bo'ldi.

Murabbiy yanvar oyi boshida "Chernomorec" bilan Turkiyadagi yig'inga bordi va ortga qaytmaslikka qaror qildi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, u AQSHning Mayami shahriga yo'l olgan. 

36 yoshli Kasyanenko Luganskda tug'ilgan. Faoliyati davomida "Polese", "Shaxtyor" Soligorsk, "Zarya" va "Astana" jamoalari bilan hamkorlik qilgan.

Oktyabr oyida Ukrainaning "Shaxtyor" klubi futbolchi Aleksandr Rasputko qochib ketgani va o'z vazifalarini bajara olmagani uchun u bilan shartnomani bekor qilgandi. Ukrainalik futbolchi 4 oktyabr kuni Belgiyaning "Antverpen" jamoasiga qarshi safar o'yinidan so'ng g'oyib bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: vm.ru