"Lokomotiv": Turkiyadagi to'rtinchi nazorat o'yinida "Chernomorec" ishonchli hisobda mag'lub etildi

Alisher Ostonov
29 yanv 2023, 18:29
Turkiyaning Antaliya shahrida yig'in o'tkazayotgan "Lokomotiv" (Toshkent) bugun Ukrainaning "Chernomorec" jamoasiga qarshi nazorat o'yinini o'tkazdi.

Unda "Lokomotiv" ishonchli hisobda g'alabaga erishdi, 3:1. Bahsning 13-daqiqasida Marat Bikmaev super goli bilan hisobni ochgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmay ukrainaliklar sardori Sergey Politilo hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo'limda Oleg Zoteev va Maruf Jumaevning gollariga raqiblar javob qaytara olishmadi. Shu orqali "Lokomotiv" Turkiyadagi yig'inlar doirasidagi to'rtinchi nazorat o'yinida g'alabaga erishdi.


"Lokomotiv" - "Chernomorec" 3:1

Gollar: Marat Bikmaev (13, 1:0), Sergey Politilo (24, 1:1), Oleg Zoteev (61, 2:1), Maruf Jumaev (87, 3:1).

"Lokomotiv": Zafar Safaev, Maxdi Abduraimov, Abdulloh Yo'ldoshev, Dilshodjon Komilov, Maqsudxo'ja A'loxo'jaev, Sherzodjon Komilov, Nurmuhammad Toshpo'latov, Maruf Jumaev, Marat Bikmaev, Anvarjon Alijonov, Ali Abdurahmonov

Zaxiradan tushganlar: Rustam Nartadjiev, Oleg Zoteev, Jaloliddin Jumaboev, Islomjon Qobilov, Manuchehr Safarov, Javohir Abdualimov, Lazizbek Mirzaev, Sanjar Qodirqulov, Rustam Soirov, Shime Jujul.

"Chernomorec": Danilo Varakuta, Andrey Shtorgin, Denis Vasilev, Luka Guchek, Maksim Biliy, Rodion Plaksa, Sergey Politilo, Daniil Alefirenko, Stanislav Ursolov, Oleksandr Gladkiy, Kevin Kubemba.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати