Cherchi "Atletiko" bilan kelishuvi haqidagi tvitini o'chirib yubordi
19 avg 2014, 00:45
"Torino" jamoasi hujumchisi Alessio Cherchi o'zining tvittyerdagi sahifasida "Atletiko" bilan kelishuvga erishgani haqida ma'lum qildi.
Hujumchi "Men "Atletiko" bilan kelishuvga erishdim. "Torino"ning barcha muxlislariga minnatdorchilik bildiraman, rahmat", - deb yozilgan tvitini bir necha daqiqalardan so'ng o'chirib tashladi.