Cherchi 2 yillik tanaffusdan so'ng “Atletiko” safida maydonga tushadi

Aslanov Jasurbek
19 dek 2016, 23:07
Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone jamoa hujumchisi Alessio Cherchiga imkoniyat taqdim etadi.

“Matraschilar” Ispaniya Kubogining 1/16 final bosqichidan o'rin olgan javob uchrashuvida “Gixuelo” klubini qabul qilishadi. Cherchi “Atletiko” tarkibida so'nggi bor 2014 yilning dekabr oyida maydonga tushgan edi.

Alessio o'tgan mavsumni ijara asosida “Milan” va “Jenoa” klublarida o'tkazdi. Shu yilning yozida esa u jarohati bilan madridliklar ixtiyoriga qaytib keldi.

Ma'lumot uchun, “Atletiko” - “Gixuelo” uchrashuvi 20 dekabr kuni bo'lib o'tadi. Bu jamoalarning ilk uchrashuvida Diego Simeone shogirdlari yirik (6:0) hisobda zafar quchishgan edi.


“Kubok bahsi o'yin amaliyoti kam bo'lgan futbolchilarga o'zini ko'rsatish uchun ajoyib imkoniyat. Mening sevimli futbolchim yo'q. Men hamma bilan bir xil munosabatdaman.

Cherchi qiyin davrni boshidan o'tkazdi. Aynan ertangi o'yinda men unga imkoniyat beraman. Uning jamoadagi roli ko'p jihatdan “Gixuelo” bilan bo'lib o'tadigan o'yinga bog'liq”, - dedi Goal.com saytiga bergan intervyusida Simeone. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: goal.com