Cheran "Paxtakor"da qoladi

Mirjalol Normatov
8 dek 2023
"Paxtakor" hujumchisi Dragan Cheran jamoada qoladi.

Saytimiz bosh muharriri Narzulla Saydullaev telegram kanalida ma'lum qilishicha, kelasi mavsumda ham Dragan "Paxtakor" sharafini himoya qiladi.

"Oxirgi besh yilda O'zbekiston Superligasida uzluksiz ravishda to'purar bo'lib kelayotgan Dragan Cheran 2024 yilda ham "Paxtakor"da o'ynaydi. 

Nima deb o'ylaysiz, Cheran 2024 yilda ham to'purar bo'larmikin?", - deb yozadi Narzulla Saydullaev o'z telegram kanalida.

Eslatib o'tamiz, Cheran o'tgan mavsum Superligada 22ta o'yin, 1785 daqiqa, 13ta gol qayd etgan holda ketma-ket beshinchi marta mavsum to'purari bo'lgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia