Chempionlar ligasi 2019/20 mavsumidagi final qaysi shaharda o'tkaziladi?

Aslanov Jasurbek
24 may 2018, 18:13
Bugun, 24 may kuni Kievda Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi ijro qo'mitasining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda 2019/20 mavsumda Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi finallarini qabul qiladigan shaharlar nomi e'lon qilindi.

2019/20 mavsumdagi Chempionlar ligasi finali Istanbulda o'tkaziladi. Kamol Otaturk nomidagi Olimpiya stadionida turnir g'olibi aniqlanadi.


Yevropa ligasining hal qiluvchi bahsi Polshaning Gdansk shahrida bo'lib o'tadi.


2020 yildagi UEFA Superkubogi uchun uchrashuvga Portudagi "Dragau" stadioni mezbonlik qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA