Chempionlar ligasi. 1/4 finalning barcha ishtirokchilari aniq

Aziz Tukhtamuradov
18 mar 2021, 07:22
Tunda Chempionlar ligasi 1/8 finalining so'nggi ikki javob o'yini yakunlandi.

Unda "Chelsi" "Atletiko"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. 

"Chelsi" (Angliya) – "Atletiko" (Ispaniya) 2:0 

Gollar: 1:0 – 34 Ziesh, 2:0 – 90 Emerson.


"Bavariya" esa "Lacio"dan 2:1 hisobida ustun keldi. 

"Bavariya" (Germaniya) – "Lacio" (Italiya) 2:1

Gollar: 1:0 – 33, penalti Levandovski, 2:0 – 73 Shupo-Moting, 2:1 – 82 Parolo.


Shu tariqa, chorak finalning barcha ishtirokchilari aniq bo'ldi. 

Qur'a tashlash marosimi ertaga o'tkaziladi. 

1/4 finalning dastlabki o'yinlari 6 va 7 aprel, javob o'yinlari esa 13 va 14 aprel kunlari tashkil etiladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA