“Chelsi” va “Real” Kurtua hamda Kovachich transferi bo'yicha kelishuvga erishdi

9 avg 2018, 07:37
Belgiya terma jamoasining posboni yaqin soatlarda Madridda tibbiy ko'rikdan o'tadi va “Santyago Bernabeu”da taqdimot marosimi o'tkaziladi.

26 yoshli posbonning “Real” bilan shartnomasi 6 yilga tuziladi. Ushbu transfyerdan londonliklar 40 million evro ishlab olishadi.

Qolaversa, “Chelsi” Madriddan bir mavsumga Mateo Kovachichni ijaraga oldi.

Eslatib o'tamiz, Kurtuani londonliklar 2011 yilda “Genk”dan sotib olishgandi. Ammo posbon uch mavsum “Atletiko”da ijara asosida to'p tepdi va faqatgina 2014/15 yilgi mavusmdan boshlab “Chelsi” sharafini himoya qila boshlagandi.

Kurtua “Chelsi” safida 4 ta sovrinni qo'lga kiritdi. Bular ikki bor Angliya chempionligi, Angliya kubogi va Liga kubogi sovrinlaridir.

“Real” esa 2015 yilda “Inter”dan Kovachichni sotib olgan bo'lsada, xorvatiyalik futbolchi jamoa asosiy tarkibidan muqim o'rin egallay olmadi. Shunga qaramay u “Real”da 9 ta sovrinni qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Челси" расмий сайти