

"Chelsi" xo'jayini Todd Boeli qishki transferlar uchun 290 million evro ajratishga tayyor, deya xabar berdi "The Sun". Ushbu mablag'larning bir qismi allaqachon sarflangan. "Ko'klar" "Monako"dan himoyachi Benua Badiashileni 38 millionga, hujumchi Datro Fofanni "Molde"dan 12 millionga sotib oldi.
"Chelsi"ning tarkibni kuchaytirish uchun hozirda ustuvor maqsadlari – argentinalik yarim himoyachilar Enco Fernandes va Aleksis Mak Allister, ukrainalik vinger Mixail Mudrik, "Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays va "ko'klar" ijaraga olishga tayyor turgan Joau Feliks.
Alohida aytish joiz, yozda "Chelsi" yangi kelganlar uchun 305 million evro sarflagan edi. Bu London klubining Todd Boeli qo'l ostidagi ilk transfer oynasi edi.



