Kepaning "qilig'i"dan so'ng "Chelsi"dagilar ikkiga bo'linib olishdi

Aslanov Jasurbek
26 fev 2019, 18:42
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri va darvozabon Kepa Arrisabalaga o'rtasidagi kelishmovchilik jamoani ikkiga bo'lib qo'ydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kepani bu vaziyatda ispaniyaliklar qo'llab-quvvatladi: Sesar Aspilikueta, Pedro va Markos Alonso.

Villi Kabalero Kepaning o'zini tutishidan xafsalasi pir bo'ldi. U David Luis, Jorjino va Gonsalo Iguain hamda Mauricio Sarri bilan yaxshi munosabatda.

"Chelsi"dagilar "Tottenxem"ga qarshi bahs oldidan jamoadagi vaziyat yumshashiga umid qilishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph