"Chelsi" yoki "Manchester Siti"ga ham o'tishim mumkin edi" - Van Deyk nima uchun "Liverpul"ni tanlaganini aytdi

Mirjalol Normatov
5 iyul 2020, 11:15
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk 2018 yili aynan Mersisayd klubi tarkibiga qo'shilgani haqida gapirdi.

"Chelsi" yoki "Manchester Siti"ga ham o'tishim mumkin edi. Siz klublarni, ularning tarixini, shahrini, hozirgi tarkibini albatta solishtirib ko'rasiz. Biroq men uchun asosiy sabab bosh murabbiy bo'lgan.

Kloppda o'zgacha nimadir bor. Balki quvvatdir? Balki umumiy imijdir? Bazida bir o'zim o'tirsam, Klopp boshqalar kabi emasligini o'ynayman. Balki futbolchilarni boshqarishda shundaydir. Hozirgi futbolda bu eng muhimi.

Klopp sizga doimo ajoyib kayfiyat bahsh etadi. U klubga yetib kelsang, juda ham baxtiyor bo'ladi. O'yindan keyin Yurgen barcha bilan quchoqlashib chiqadi. Bu juda kichik, lekin yoqimli detal. Ammo ertasi kuni mashg'ulotlarda barchani "o'ldirishi" ham mumkin. Shu boisdan u bizdan ko'p narsani talab qiladi", - dedi van Deyk.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal