"Chelsi" yana Dest variantiga qaytdi

Оқил Абдубарноев
1 iyun 2022, 20:14
Londonning "Chelsi" klubi "ko'k-anorranglilar" qanot himoyachisi Serjino Destga yana qiziqish bildirmoqda.

Amerikalik futbolchi jarohat olgan Ben Chilvell va Ris Jeymsning o'rnini to'ldirishi talab etiladi.

Mail Sport xabariga ko'ra, "Chelsi" qanot himoyachisi poziciyasini kuchaytirmoqchi, shu bois ular bir nechta nomzodlarni ko'rib chiqmoqda.

Eslatib o'tamiz, Dest "Barselona"ning asosiy tarkib futbolchisi emas. Bosh murabbiy Xavi Ernandes ushbu poziciyada 39 yoshli Dani Alvesni maydonga tushirishni afzal ko'radi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Mail Sport