

Angliyaning "Chelsi" klubi "Napoli" vingeri Xvicha Kvaratsxeliyani o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi. Bundan avval, 22 yoshli gruziyalik futbolchiga "Manchester Siti", "Real Madrid", "Barselona" va "Nyukasl" klublari o'z qiziqishlarini bildirishayotgandi.
Xvichani sotib olish "Chelsi"ning transfer siyosatiga to'liq mos keladi. Biroq, "Napoli" Kvaratsxeliya bilan shartnomani uzaytirish ishlarini boshlab yuborgan.
"Napoli" klubi futbolchini 100 mln evrodan ko'proqqa baholamoqda. Bu summa "Chelsi" uchun muammo emas, ammo moliyaviy feyr-pley nuqtayi nazaridan klub qiyinchilikka duch kelishi mumkin.
"Chelsi" Xvichadan tashqari, Viktor Osimxen va Ayven Tounini ham kuzatib bormoqda.



